Operatorlar ma’lumotlar ustida biror amal bajarishga imkon beradi. Masalan, o’zlashtirish operatori o’zgaruvchi qiymatlarini saqlash, matematik operatorlar arifmetik amallar bajarish, konketenasiya operatori satrlarni ulash kabi amalllarni bajarishga hizmat qiladi.
Python 3 dasturlash tilidagi operatorlarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Sonlar ustida amallar bajarish uchun quyidagi operatorlardan foydalaniladi:
Matematik operatorlar
+ – qo’shish:
>>> 10 + 5 # butun son
15
>>> 12.4 + 5.2 # haqiyqiy son
17.6
>>> 10 + 12.4 # butun va haqiyqiy sonlar
22.4
- – ayirish:
>>> 10 - 5 # butun son
5
>>> 12.4 - 5.2 # haqiyqiy son
7.2
>>> 12 - 5.2 # butun va haqiyqiy son
6.8
* – ko’paytirish:
>>> 10 * 5 # butun son
50
>>> 12.4 * 5.2 # haqiyqiy son
64 .4 8
>>> 10 * 5.2 # butun va haqiyqiy son
52.0
/ – bo’lish. Bo’lish natijasi doimo haqiyqiy son bo’ladi xatto, bo’linma va bo’luvchi butun son bo’lsa ham. Masalan:
>>> 10 / 5 # bo’linma qoldiqsiz
2.0
>>> 10 / 3 # bo’linma qoldiqli
3.33333333 33333335
>>> 10.0 / 5.0 # bo’linuvchi va bo’luvchi haqiyqiy sonlar
2.0
>>> 10.0 / 3.0 # bo’linuvchi va bo’luvchi haqiyqiy sonlar
3.3333333333333335
>>> 10 / 5.0 # butun son haqiyqiy songa bo’linsa
2.0
>>> 10.0 / 5 # haqiyqiy son butun songa bo’linsa
2.0
// – kami bilan yaxlitlanadigan bo’lish. Barcha qoldiq tashlab yuboriladi. Maslan:
>>> 10 // 5 # bo’linma qoldiqsiz
2
>>>10 // 3 # bo’linma qoldiqli
3
>>>10.0 // 5.0 # haqiyqiy sonli bo’linma
2.0
>>> 10.0 // 3.0 # haqiyqiy sonli bo’linma (qoldiqli)
3.0
>>> 10 // 5.0 # butun son haqiyqiy songa bo’linganda (qoldiqsiz)
2.0
>>> 10 // 3.0 # butun son haqiyqiy songa bo’linganda(qoldiqli)
3.0
>>> 10.0 // 5 # haqiyqiy son butun songa bo’linganda(qoldiqsiz)
2.0
>>> 10.0 11 3 # haqiyqiy son butun songa bo’linganda(qoldiqli)
3.0
% - qoldiqli bo’lish (bo’linma qoldiq qismi):
>>> 10 % 5 # butun sonli qoldiqsiz bo’linma
0
>>> 10 % 3 # butun sonli qoldiqli bo’linma
1
>>> 10.0 % 5.0 # haqiyqiy sonlar ustida amal
0.0
>>> 10.0 % 3.0 # haqiyqiy sonlar ustida amal
1.0
>>> 10 % 5.0 # butun va haqiyqiy sonlar ustida amal
0.0
>>> 10 % 3.0 # butun va haqiyqiy sonlar ustida amal
1.0
>>> 10.0 % 5 # haqiyqiy va butun sonlar ustida amal
0.0
>>> 10.0 % 3 # haqiyqiy va butun sonlar ustida amal
1.0
** – darajaga ko’tarish:
>>> 10**2, 10.0**2
(100, 100.0)
Unar minus (-) va unar plyus (+) :
>>>+10, +10.0, -10, -10 .0 , -( - 10) , -( -10 .0)
(10, 10.0, -10, - 10.0, 10, 10 .0)
Sonli ketma-ketliklar bilan ishlash operatorlari
Sonli ketma-ketliklar bilan ishlash operatorlari quyidagicha:
+ - konkatenasiya:
>>> print ("1-satr" + "2-satr") # satrlar konkatenasiyasi
1-satr2-satr
>>> [1, 2, 3] + [4, 5, 6 ) # ro’yxatlar
[1, 2, 3, 4, 5, 6]
>>> (1, 2, 3) + ( 4, 5, 6) # Kortejlar
(1, 2, 3, 4, 5, 6)
* – takrorlash:
>>> "s" * 20 # Satr
'ssssssssssssssssssss'
>>> [1, 2]* 3 # Ro’yxat
[1, 2, 1, 2, 1, 2]
>>> (1, 2) * 3 # Kortej
(1, 2, 1, 2, 1, 2)
in – tegishlilikka tekshirish. Agar element sonli satr tarkibida bo’lsa natija sifatida True ni qaytaradi:
>>> "satr" in "Qidirish uchun satr" # Satr
True
>>> "2-satr" in "Qidirish uchun satr" # Satr
False
>>> 2 in [1, 2, 3], 4 in [1, 2, 3] # Ro’yxat
(True , False)
>>> 2 in (1 , 2, 3), 6 in (1, 2, 3) # Kortej
(True , False)
not in – tegishli emaslikka tekshirish. Agar element sonli ketma-ketlik tarkibida bo’lmasa True natija qaytaradi:
>>> "satr" not in "Qidirish uchun satr" # Satr
False
>>> "2-satr" not in "Qidirish uchun satr" # Satr
True
>>> 2 not in [1, 2, 3], 4 not in [1, 2,] # Ro’yxat
(False, True )
>>> 2 not in (1, 2, 3), 6 not in (1 , 2, 3) # Kortej
(False, True)
O'ZLASHTIRISH OPERATORLARI
O’zlashtirish operatorlari qiymatlarni o’zgaruvchilarga saqlash uchun foydalaniladi. Pythonda foydalaniladigan o’zlashtirish operatorlarini ko’rib chiqamiz:
+= - o’zgaruvchi qiymatini ko’rsatilgan kattalikka oshirish:
>>> х = 5; х
5
= – o’zgaruvhciga qiymat o’zlashtirish:
>>> х = 5;
>>> х += 10 # x=x+10 ga teng kuchli
>>> х
15
Konkatenasiya amalini o’zlashtirish uchun ham foydalanish mumkin:
>>> s = "Ol" ;
>>> s += "mos"
>>> print (s)
Olmos
- = – o’zgaruvchi qiymatini ko’rsatilgan kattalikka kamaytirish:
>>> х = 10; х - = 5 # х = х - 5 ga teng kuchli
>>> х
5
* = – o’zgaruvchi qiymatini ko’rsatilgan kattalikka ko’paytirish:
>>> х = 10; х * = 5 # х = х * 5 ga teng kuchli
>>> х
50